Tartib-intizom qo`mitasining 2016 yildagi so`nggi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
“Olmaliq” yarim himoyachisi Diyor Turopov 28-tur doirasida “Obod”ga qarshi o`yinda raqibga jarohat etkazish maqsadida oyog`iga zarba bergani uchun, 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
“Qo`qon-1912” yarim himoyachisi Suxrob Berdiev “Olmaliq” klubiga qarshi 30-tur o`yinida raqibiga boshi bilan zarba bergani uchun 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
“Qo`qon-1912”ga qarshi o`yinda raqibiga jarohat etkazish maqsadida atayin oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan “Olmaliq” himoyachisi Xushvaqt Muxtorov, 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
“Norin”ga qarshi o`tish o`yinida raqibiga nisbatan jiddiy qoida buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” yarim himoyachisi Ilxom Boydedaev, 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
“Paxtakor”ga qarshi 29-tur o`yinidan so`ng muxlislar sha`niga no`maqul so`zlarni ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Olmaliq” darvozaboni Roman Abdulov, 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
O`zbekiston Birinchiligi
“G`ijduvon” himoyachisi Bekzod Sattorov 35-turda “Kosonsoy”ga qarshi o`yinda jiddiy qoida buzgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.
“Norin” yarim himoyachisi Rustam Agzamov “Mash`al-2”ga qarshi o`yinda raqibini haqorat qilgani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
“Zomin” yarim himoyachisi Sultonbek Nurunov 36-turda “Yoz`yovon-Lochinlari”ga qarshi o`yinda raqibini haqorat qilgani uchun 2ta o`yinga chetlatildi.
“Paxtakor-2” himoyachisi Sarvar Sattorov 36-turda “Xorazm”ga qarshi o`yinda jiddiy qoida buzgani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
“Zomin” klubi vitse-prezidenti Ilxom Sobirov 36-turda “Yoz`yovon-Lochinlari”ga qarshi o`yinda uchrashuv hakamni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi va bunday holat yana takrorlansa, jiddiyroq chora ko`rilishi haqida ogohlantirish oldi.