“Nasaf” hamda “Al Xidd” klublari o`rtasidagi o`yinning boshlanish vaqti ma`lum

Qarshining “Nasaf” klubining OChL pley-off bosqichidagi ilk o`yini boshlanish vaqti ma`lum bo`ldi.

Ushbu bosqichda “Nasaf” klubi 31 yanvar kuni Bahrayn chempioni “Al Xidd” klubiga qarshi maydonga tushishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ta`kidlash lozim, Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida ayni damda rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgani bois, uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur o`yinda g`alaba qozongan jamoa, pley-off keyingi bosqichida guruh bosqichi yo`llanmasi uchun Saudiya Arabistonining “Al Fatex” klubiga qarshi maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb