O`zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Rauf Inileev Toshkentning “Obod” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
“Obod” klubi rasmiy sayti xabariga ko`ra, Rauf Inileev klub bilan bir yillik shartnoma tuzgan. Ayni damda, “Obod” klubi qisqa muddatlik tanaffusda va 21 dekabr kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Yangi mavsum oldidan ilk yig`in 21-28 dekabr kunlari bo`lib o`tadi va jamoa yana qisqa muddatlik tanaffusga chiqadi. Oliy Ligaga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi yanvar oyi boshida Toshkentda davom ettiriladi.