Olmaliqning "Olmaliq" klubi yangi mavsum arafasida murabbiylar shtabida bir qator o`zgarishlarni amalga oshirdi.
"Olmaliq" klubi rasmiy sayti rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov bilan shartnoma tuzilganini rasman e`lon qildi.
Shuningdek, klub rahbariyatida ham bir qator o`zgarishlar amalga oshirilgan. "Olmaliq" klubiga Ibragim Yo`ldoshev vaqtinchalik bosh direktor etib tayinlangan bo`lsa, Muxtor Qurbonov klubda sport direktori vazifasida faoliyat olib boradigan bo`ldi.
Jamoaning umumiy murabbiylar shtabi quyidagi ko`rinishda:
Bosh murabbiy - Viktor Balyutovich Kumikov;
Sport direktori - Muxtor Murodovich Qurbonov;
Katta murabbiy - Oleg Valerevich Kornienko;
Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiy - Roman Muxadinovich Uzdenov;
Darvozabonlar murabbiyi - Anton Sergevich Mayeranov;
Murabbiy - Marat Shavkatovich Axmerov;
Shifokor - Nazarov Maxsud Mahmudovich;
Massajchilar - Viktor Saliev, Nurbek Jo`raev;
Ma`murlar: Ruslan Shoymardonov, Sherzod Yunusov;
Matbuot-kotibi - Baxtiyor Shirinov".