“Lokomotiv” – O`zbekiston Kubogi 2016 sohibi

O`zbekistonning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” klubi 30 noyabr kuni O`zbekiston Kubogi final bahsida Qarshining “Nasaf” klubini mag`lub etib, “oltin dubl”ni qo`lga kiritdi.

Samarqanddagi “Dinamo” stadionida o`tkazilgan final uchrashuvining dastlabki daqiqalaridanoq “temiryo`lchilar” tajavvuskor o`yin ko`rsatdi. Buning natijasida o`yinning 2-daqiqasidayoq hisob ochildi. Yakunlangan mavsumda Oliy Liga to`purari nomini qo`lga kiritgan Temurxo`ja Abduholiqov kubok finalida ham o`z nomini tabloga yozdirib qo`ydi.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa hujumkor o`yin namoyish etib, gol kiritish uchun ko`plab imkoniyatlarga ega bo`lganiga qaramay, Samarqandda o`tkazilgan finalda darvozalarga boshqa to`p kiritilmadi.

Shu tariqa Toshkentning “Lokomotiv” klubi o`z tarixida ikkinchi bora O`zbekiston Kubogi sohibiga aylandi.

O`zbekiston kubogi -2016. Final.

30 noyabr, Samarqand, «Dinamo» stadioni 8150 tomoshabin.

LOKOMOTIV – NASAF 1:0 (1:0)

Gol: Temurxo`ja Abduxoliqov (2)

"Lokomotiv": 12.Ma`mur Ikromov, 5.Kaxi Maxaradze, 11.Temurxo`ja Abduxoliqov, 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Sanjar Shoahmedov (4.Boburbek Yuldashev 84), 28.Ikrom Aliboev, 37.Sherzod Fayziev (33.Oleg Zoteev 73), 71.Artur Gevorkyan (10.Marat Bikmaev 53).

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 6.Aziz G`aniev, 7.Shuhrat Muhammadiev, 18.Bahrom Abduraximov, 22.Igor Golban, 23.Sherzod A`zamov, 28.Fozil Musaev, 33.Odiljon Hamrobekov (15.Shahboz Erkinov 58), 34.Farruh Sayfiev, 38.Doniyor Narzullaev, 69.Dragan Cheran (45.Bobir Abdixoliqov 71).

Ogohlantirshlar: Islom To`xtaxo`jaev (31), Temurxo`ja Abduxoliqov (33) - Odiljon Hamrobekov (35), Shaxboz Erkinov (90+3)

Chetlatish: Islom To`xtaxo`jaev (90+3)

Bosh hakam: Vladislav Tseytlin (Toshkent)

Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Akbar Po`latov (Toshkent)

 

Zaxira hakami: Zokirjon Qodirov (Navoiy) Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)

mib
uzcard
cola
apex
bmb