Andrey Miklyaev: "O`zbekiston Kubogini Toshkentga olib ketmoqchimiz"

30 noyabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Kubogi finali oldidan har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.

Anjumanning ikkinchi qismida jurnalistlar savollariga “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyaev javob berdi:

“Finaldan mazmunli o`yin va biz uchun ijobiy bo`lgan natijani kutyapman. Finalga qadar ancha yo`lni bosib o`tdik. Samarqanddga faqat g`alaba uchun tashrif buyurganmiz va O`zbekiston Kubogini Toshkentga olib ketmoqchimiz”.

“Nasaf” biz uchun eng noqulay raqib, degan fikrga qo`shilaman. “Paxtakor” va “Bunyodkor”ga qarshi o`yinlar ham murakkab kechgan bo`lsa-da, aynan Qarshiliklar bu mavsumda bizga ko`p muammolar tug`dirdi deyish mumkin. Bizning darvozamizga ikki daqiqa ichida ikkita gol kirita olganining o`zi ko`p narsadan dalolat.

 

“Penaltilar seriyasiga alohida tayyorgarlik ko`rmadik. Chunki ishni ungacha olib bormoqchimasmiz. Agar shunday bo`lib qolsa, o`sha vaqtning o`zida zarbalarni kim berishini hal qilamiz”, - deydi toshkentliklar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb