Ro`ziqul Berdiev: "Yana bir bor O`zbekiston kubogini qo`lga kiritishni istaymiz"

30 noyabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Kubogi finali oldidan har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.

Anjumanning birinchi qismida jurnalistlar savollariga “Nasaf” bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev javob berdi:

“Ertaga – final. Finalga qadar etib kelgan jamoa esa har doim bosh sovrinni qo`lga kiritish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Bu tabiiy. O`zbekiston Kubogi finaliga bir-biriga munosib bo`lgan raqiblar etib keldi. Bu jamoalar uchun nafaqat natija, balki mazmunli o`yin namoyish qilish ham muhim hisoblanadi. Ertaga muxlislar keskin va qiziqarli futbol guvohiga aylanishadi, deb o`ylayman. O`zbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida sovrinni munosib himoya qilishni istaymiz”.

“Finalning Samarqandda bo`lishiga ijobiy munosabatdaman. O`tgan yili final Jizzaxda o`tkazilgandi, bu gal Samarqandda. Bu ishlar o`zbek futbolini rivoji uchun xizmat qiladi, deb o`ylayman. O`tgan yilgi final ajoyib muhitda o`tgandi. Ertangi final o`yini ham chiroyli muhitda o`tishiga ishonaman. Finalga nafaqat Samarqanddan, balki boshqa viloyatdan ham muxlislar tashrif buyurishadi. "Nasaf"ning O`zbekistonda minglab muxlislari bor. Men bu qarorni qo`llab-quvvatlayman va keyinchalik ham shunday davom etadi, deb umid qilaman”.

 

“Ertaga faqat g`alaba qozonish haqida o`ylayapmiz. Barchamiz yana bir bor O`zbekiston kubogini qo`lga kiritishni istaymiz va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, - deydi Nasaf bosh murabbiyi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb