
“Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” klublari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi yarim final javob o`yinini Olim Tolibjonov boshqarib boradi.
Yarim final javob uchrashuvi 26 noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi. Eslatib o`tamiz, yarim finalning ilk o`yinida “Lokomotiv” o`z maydonida 1:0 hisobida g`alaba qozongan.
O`zbekiston Kubogi. ½ final
Javob o`yini. 26 noyabr (shanba)
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: O.Tolibjonov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Tashkent).