
Samarqandda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Kubogi finalidan oldingi matbuot anjumani “Dinamo” stadionida bo`lib o`tadi.
Har ikkala jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani 29 noyabr soat 10:30da boshlanadi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Nasaf” klubi bosh murabbiyi va futbolchisi OAV xodimlari savollariga javob bersa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” juftligi g`olibi vakillari ishtirok etishadi.
Ma`lumot uchun, “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” klublari o`rtasidagi yarim final javob o`yini 26 noyabr kuni bo`lib o`tadi. “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” klublari o`rtasidagi yarim finalning dastlabki o`yinida Lokomotiv klubi 1:0 hisobida g`alaba qozongan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogi final o`yini 30 noyabr kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin soat 13:00da boshlanadi.