Bugun Oliy Liga - 2016 mavsumi rasman yakunlandi.
Muddatidan oldin O`zbekiston chempioni unvonini qo`lga kiritgan “Lokomotiv” so`nggi turda safarda kumush medallarni naqd qilgan “Bunyodkor” klubini 1:0 hisobida mag`lub etdi.
Muddatidan oldin bronza medalni qo`lga kiritgan Qarshning “Nasaf” klubi esa, so`nggi turda o`z uyida “Mash`al”ni 2:0 hisobida mag`lub etdi.
Ushbu mavsumda 4-o`rinni egallagan “Buxoro” klubi ham mavsumni g`alaba bilan yakunladi. So`nggi turda o`z maydonida “Sho`rtan”ni qabul qilgan “Buxoro” 3:1 hisobida g`alaba qozondi.
30-tur. 23 noyabr (chorshanba)
«Buxoro» (Buxoro) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 3:1. 6253 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,5, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, I. Ibragimov (Nukus) - 9
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
Gollar: A. Ibragimov (30), V. Chemirtan (45), Sh. Salomov (54) – M. Murodov (29).
Ogohlantirishlar: V. Chemirtan (45), S. Qutiboev (84) – I. Taran (47).
Chetlatish: I. Taran (ikkinchi ogohlantirish, 69).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Salomov – M. Murodov.
«Nasaf» (Qarshi) – «Mash`al» (Muborak) – 2:0. 1001 tomoshabin.
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent – 8,8), O. Jumaev (Navoiy) – 8,3, N. Ro`zimov (Toshkent) – 8,6, A. Ergashev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O`zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: B. Abduholiqov (20), Sh. Muxitdinov (76).
Ogohlantirishlar: I. Shoyqulov (42), G`. G`ulomov (54), G`. Komilov (barchasi-«Mash`al», 59).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Erkinov – J. Ilyosov.
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:1. 507 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent) – 8,8, H. Shodmonov (Buxoro) – 8,6, V. Lushin (Guliston) – 8,6, R. Kopadze (Farg`ona) - 9
Nazoratchi: Sh. Jumaev (Qarshi).
O`zPFL vakili: S. Rizaev.
Gol: S. Mirzaev (74).
Ogohlantirishlar: A. Shorahmedov («Bunyodkor», 45).
Eng yaxshi o`yinchilar: Yu. Bulyat – S. Mirzaev.