“Lokomotiv” o`z tarixida ilk bor O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritdi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Oliy Liga tugashiga bir tur qolganda O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritdi.

Bugun Oliy Liga 29-turidan o`rin olgan uch uchrashuv bo`lib o`tdi.

Toshkentning “Bunyodkor” klubi ushbu turda o`z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o`ynadi. Mazkur durangdan so`ng “Bunyodkor” so`nggi turda “Lokomotiv”ga etib olish imkonini qo`ldan chiqardi. Shu tariqa, “Lokomotiv” ilk marotaba O`zbekiston chempionati g`olibligini qo`lga kiritdi.

Turning yana ikki o`yinida “Qizilqum” safarda “Neftchi”ni 1:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, yana bir uchrashuvda “Mash`al” o`z maydonida “Buxoro”ni 2:0 hisobida mag`lub etdi.

17 noyabr (payshanba)
«Neftchi» (Farg`ona) – «Kizilkum» (Navoiy) - 0:1.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), N. Ro`zimov (Urganch), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent). 

Gol: I. Yunusov (66 penalti).

 

«Mash`al» (Muborak) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:0. 6123 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy)– 8.5, A. Marajabov (Andijon)– 8.5, Z. Abdurahmonov (Andijon)– 9.0, A. Rubakov (Toshkent)– 9.0.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent). 

Gollar: S. Abduraimov (42), H. Murtazoev (81).

Ogohlantirishlar: V. Pavlenko (52), Z. To`raev (54), A. Derkach (86) – M. Fomin (29), Sh. Salomov (33), Sh. Mullajonov (69), R. Melziddinov (90+4).

 

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 1:1. 507 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent) – 8.8, R. Serazetdinov (Toshkent) – 9.0, A. Snetkov (Toshkent) – 9.0, D. Akmalov (Toshkent) – 9.0.
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent). 

Gollar: D. Hamdamov (72 penalti) – A. Abdullaev (30).

Ogohlantirishlar: D. Ahmadaliev (40), A. Shorahmedov (53) – I. Isoqjonov (33), A. Parvanov (90+3).

Chetlatish: A. Mamazoitov (71, Navbahor).

mib
uzcard
cola
apex
bmb