Oliy Liga 30-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari belgilandi

O`zbekiston Professional futbol ligasi 22-noyabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Chempionati 30-turidan o`rin olgan etti uchrashuv boshlanish vaqtlarini belgiladi.

«Paxtakor» (Toshkent) — «Obod» (Toshkent), «Qo`qon-1912» (Qo`qon) — «Olmaliq» (Olmaliq), «Buxoro» (Buxoro) — «Sho`rtan» (G`uzor), «Nasaf» (Qarshi) — «Mash`al» (Muborak), «Qizilqum» (Navoiy) — «So`g`diyona» (Jizzax), «Metallurg» (Bekobod) — «Neftchi» (Farg`ona), «Andijon» (Andijon) — «Navbahor» (Namangan) uchrashuvlari soat 14:00da boshlanadi.

O`zbekiston Chempionati 29-tur uchrashuvlari uch kun davomida bo`lib o`tishini hisobga olib, O`zPFL mazkur uchrashuvlar boshlanish vaqtlarini qat`iy tartibga solmaydi. Shunga qaramay, klublarga o`yinlarni xuddi 30-turdagi kabi kunduzgi vaqtda boshlash tavsiya etilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb