2016 yilgi O`zbekiston Kubogi finalining nominal mezboni aniqlandi

Bugun 2016 yilgi O`zbekiston Kubogi finali nominal mezbonini aniqlash bo`yicha qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o`rtasidagi yarim final juftligi g`olibi finalda mezbon bo`ladi. Mazkur juftlikning javob uchrashuvi 26 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Kubogi finaliga yo`llanma olib ulgurgan «Nasaf» esa Samarqanddagi «Dinamo» stadionida mehmon jamoa o`rnini egallaydi.

Eslatib o`tamiz, 2016 yilgi O`zbekiston Kubogi finali 30 noyabr kuni Samarqandda bo`lib o`tadi. O`yin 13:00 da boshlanishi belgilangan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb