2016 yilgi o`yinlar taqvimida avval amalga oshirilgan bir qator o`zgarishlar sabab, 2016 yilgi O`zbekiston chempionatining qolgan uchrashuvlari taqvimida ba`zi o`zgarishlar yuz berdi.
28-turning «Buxoro» (Buxoro) – «So`g`diyona» (Jizzax) uchrashuvi 4 noyabrdan 5 noyabrga ko`chirildi.
29-turning «Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) uchrashuvi 18 noyabrdan 17 noyabrga ko`chirildi.
29-turning «Obod» (Toshkent) – «Andijon» (Andijon) uchrashuvi 17 noyabrdan 16 noyabrga ko`chirildi.