O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 hal qiluvchi saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi o`yinga tayyorgarlik ko`rishi munosabati bilan, O`zbekiston chempionati taqvimida o`zgarishlar yuz berdi.
28-turning «Paxtakor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor), «Qizilqum» (Navoiy) – «Lokomotiv» (Toshkent), «Andijon» (Andijon) – «Bunyodkor» (Toshkent) uchrashuvlari 4 noyabrdan 3 noyabrga ko`chirildi.
28-turning «Obod» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvi 3 noyabrdan 4 noyabrga ko`chirildi.