Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Oliy Liga
«Qizilqum»ga qarshi 24-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikr bildirgani chetlatilgan «Andijon» murabbiyi Vitaliy Ligay jarimaga tortildi. Shunday holat takrorlansa, yanada qat`iy choralar ko`riladi.

Yoshlar Birinchiligi
«Obod»ga qarshi 23-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» himoyachisi Farruxjon Ibrohimov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Mash`al»ga qarshi 24-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Sho`rtan» hujumchisi Jasur Xolto`raev 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Tsementchi»ga qarshi 28-tur uchrashuvida muxlislar sha`niga noma`qul fikr bildirgan «Yozyovon-Lochinlari» yarim himoyachisi Dilshod Eminov 4 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«G`ijduvon»ga qarshi 29-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Yozyovon-Lochinlari» himoyachisi Umidjon Hoshimov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi 29-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «G`ijduvon» himoyachisi Bekzod Sattorov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Dinamo»ga qarshi 29-tur uchrashuvida qoidalarni qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «NBU-Osiyo» himoyachisi Ulug`bek Boqiev 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Lokomotiv-BFK»ga qarshi 30-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Uz-Dong-Ju» yarim himoyachisi Alisher To`xtasinov 3 ta o`yinga disvalifikatsiya qilindi.

«Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi 30-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Nurafshon» hujumchisi Ikrom Ivanov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb