Oliy Liga 20-turning qoldirilgan o`yinlari sanasi belgilandi

20-turning qoldirilgan «Olmaliq» (Olmaliq) — «Bunyodkor» (Toshkent) va «Mash`al» (Muborak) — «Lokomotiv» (Toshkent) uchrashuvlari 18 oktyabr kuni o`tkaziladi.

Qoldirilgan uchrashuvlarning 18 oktyabrga belgilangani munosabati bilan, O`zbekiston chempionati 25-turidan o`rin olgan «Mash`al» (Muborak) — «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvi 15 oktyabrdan 14 oktyabrga, 25-turning «Sho`rtan» (G`uzor) — «Andijon» (Andijion) uchrashuvi esa 14 oktyabrdan 15 oktyabrga ko`chirildi. 

O`zbekiston chempionati 26-turidan o`rin olgan «Obod» (Toshkent) — «Mash`al» (Muborak) uchrashuvi 21 oktyabrdan 24 oktyabrga ko`chirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb