O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralash uchrashuvlariga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko`rishi uchun 2016 yilgi o`yinlar taqvimida o`zgarishlar yuz berdi.
23-turning «Navbahor» (Namangan) — «Paxtakor» (Toshkent) uchrashuvi 25 sentyabrdan 24 sentyabrga ko`chirildi.
24-turning «Paxtakor» (Toshkent) — «Lokomotiv» (Toshkent) uchrashuvi 30 sentyabrdan 28 sentyabrga ko`chirildi.
24-turning «Buxoro» (Buxoro) — «Bunyodkor» (Toshkent) uchrashuvi 30 sentyabrdan 28 sentyabrga ko`chirildi.
20-turning avvalroq 20 sentyabrga ko`chirilgan «Mash`al» (Muborak) — «Lokomotiv» (Toshkent) uchrashuvi esa 17—19 oktyabrdagi zaxira kunlarining birida o`tkaziladi.