«Sho`rtan» PFK sobiq futbolchisi Urosh Milosavlevich bilan shartnoma majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmagani munosabati bilan va FIFA Tartib-intizom qo`mitasining 2015 yil 9 oktyabrdagi qaroridan kelib chiqib, «Sho`rtan» PFKdan 3 ochko olib tashlanadi.
Bu haqdagi qaror, FIFA Tartib-intizom qo`mitasining 2015 yil 9 oktyabrdagi qarori va O`zbekiston Futbol Federatsiyasining 2016 yil 25 avgustdagi majlisi bayoniga muvofiq, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo`mita byurosi tomonidan qaror qabul qilindi.