2016 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional klublar o`rtasidagi futbol musobaqalari Reglamenti talablarini buzgani uchun, «Orol» PFK va «Paxtakor-2» PFKga nisbatan intizomiy jazo choralari ko`rildi.
Birinchi Liga jamoalari o`rtasidagi 2016 yilgi O`zbekiston Birinchiligi 21-turidan o`rin olgan «Orol» (Nukus) — «Norin» (Haqqulobod) uchrashuvida «Orol» PFK tarkibida bungacha to`rt uchrashuvda sariq kartochka olgan o`yinchi — Islombek Seytnazarov maydonga tushgan.
2016 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional klublar o`rtasidagi futbol musobaqalari Reglamenti talablari (4-modda, 4.27-band) buzilganidan kelib chiqib, 21-turdagi «Orol» — «Norin» (0:1) uchrashuvi natijasida, shuningdek, o`yindagi gol, ogohlantirishlar va chetlatishlarni o`zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilindi.
Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.22-band)ga muvofiq, «Orol» PFK (Nukus) jarimaga tortildi. Islom Seytnazarov jamoaning amalda eng yaqin uchrashuvini o`tkazib yuboradi.
Birinchi Liga jamoalari o`rtasidagi 2016 yilgi O`zbekiston Birinchiligi 19-turidan o`rin olgan «O`z-Dong-Ju» (Andijon) — «Paxtakor-2» (Toshkent) uchrashuvida «Paxtakor-2» PFK tarkibida bungacha birinchi davrada «Zomin» PFKdagi o`yinlari vaqtida to`rtta sariq kartochka olgan o`yinchi — Rashid Sharobiddinov maydonga tushgan.
Shuningdek, Rashid Sharobiddinov amaldagi eng yaqin ikki o`yinni— 20-turdagi «Norin» (Haqqulobod) — «Paxtakor-2» (Toshkent), 21-turdagi «Paxtakor-2» — «Yozyovon-Lochinlari» (Yozyovon) uchrashuvlarini ham o`tkazib yubormagan.
2016 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional klublar o`rtasidagi futbol musobaqalari Reglamenti talablari (4-modda, 4.27-band) buzilganidan kelib chiqib, 19-turdagi «O`z-Dong-Ju» (Andijon) — «Paxtakor-2» (Toshkent) (3:1) uchrashuvi natijasini va 20-turdagi «Norin» (Haqqulobod) — «Paxtakor-2» (Toshkent) (3:0) uchrashuvi natijasi, o`yindagi gollar, ogohlantirishlar va chetlatishlarni o`zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilindi.
2016 yilgi O`zbekiston Birinchiligi 21-turidan o`rin olgan «Paxtakor-2» (Toshkent) — «Yozyovon-Lochinlari» (Yozyovon) (3:3) uchrashuvida 2016 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional klublar o`rtasidagi futbol musobaqalari Reglamenti talablari (4-modda, 4.27-bandi)ni buzgani uchun, «Paxtakor-2» PFK (Toshkent)ga texnik mag`lubiyat (-:+) yozildi va musobaqa jadvalida ochkosi echib olindi. «Yozyovon-Lochinlari» PFKga esa, mos ravishda, texnik g`alaba (+:-) yozildi va musobaqa jadvalida ochkolar qo`shib qo`yildi.
Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.22-bandi)ga muvofiq, «Paxtakor-2» PFK (Toshkent) jarimaga tortildi. Rashid Sharobiddinov amalda eng yaqin uchrashuvini o`tkazib yuboradi.