Oliy Liga taqvimida o`zgarish

O`yinlar taqvimida o`zgarish yuz berdi.

«Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv» klublaridan JCh-2018 saralashining hal qiluvchi raundiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasiga futbolchilar chaqirilgani munosabati bilan, Oliy Liga 20-turidan o`rin olgan «Paxtakor» (Toshkent) — «Qizilqum» (Navoiy), «Olmaliq» (Olmaliq) — «Bunyodkor» (Toshkent), «Mash`al» (Muborak) — «Lokomotiv» (Toshkent) uchrashuvlari 26 avgustdan kechroq muddatga ko`chirildi.

Taqvimdagi mazkur o`zgarish 2016 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional klublar o`rtasidagi futbol musobaqalari Reglamenti (4-modda, 4.24-band)ga asosan amalga oshirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb