O`zbekiston Kubogi 1/8 final: "Nasaf" safarda "Neftchi"ni yirik hisobda mag`lub etdi

O`zbekiston Kubogi – 2016 1/8 final dastlabki uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Qarshining "Nasaf" klubi safarda "Neftchi" ustidan yirik – 4:1 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, "Obod" hamda "Bunyodkor" klublari o`rtasidagi uchrashuvda durang qayd etildi – 2:2.

O`zbekiston Kubogi. 1/8 final
Dastlabki o`yinlar. 26 mart (shanba)
«Neftchi» - «Nasaf» - 1:4. 5206 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,5, R. Fozilov (Namangan) – 8,4, M. Majidov (Namangan) – 8,4, R. Kopadze (Farg`ona) - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
Gollar: A. Maxsataliev (24) – A. Allaniyazov (10, 64), E. Boydullaev (15), B. Abdurahimov (78).
Ogohlantirishlar: M. Ubaydullaev («Neftchi», 35).

«Obod» - «Bunyodkor» - 2:2. 1214 tomoshabin.
Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi) – 8,5, V.Lushin (Guliston) – 8,5, S. Hakimov (Samarqand) – 8,4, A. Shukurullaev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: A. Shorahmedov (36, avtogol), A. Xo`jaev (62) – B. Nasimov (32, 60).
Ogohlantirishlar: A. Xo`jaev (56) – A. Alimpievich (24), B. Nasimov (79), B. Yuritsa (90+3)

mib
uzcard
cola
apex
bmb