
OChL 3-turida safarda "Al Jaish"ga qarshi maydonga tushgan Qarshining "Nasaf" klubi 0:1 hisobida mag`lub bo`ldi.
Uchrashuvning 87-daqiqasida "Nasaf" himoyachisining xatosidan "Al Jaish" safida to`p surayotgan Sardor Rashidov unumli foydalandi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan o`zbekistonlik futbolchi kuchli zarbasi bilan Eldor Suyunov darvosini ishg`ol qildi – 1:0. Ushbu hisob o`yin oxirigacha saqlanib qoldi va "Al Jaishg"a g`alabani taqdim etdi.
OChL-2016, 3-tur.
16 mart, chorshanba.
“Al Jayish” (Qatar) - “Nasaf” (O`zbekiston) 1:0
Hakamlar: Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf (Ummon), Muayad Muhammad Ali (Iroq), Mohd Shahren (Malayziya), Shrikrishna Ramasvami (Hindiston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Komissar: Anvarul Huq (Bangladesh).
Gol: Sardor Rashidov (87).
“Al Jayish”: 16.Xalifa Ababakar, 2.Murad Naji, 4.Lukas Mendes, 6.Yosir Isa, 9.Abdulrazzoq Hamdallah, 10.Sardor Rashidov, 17.Otman Al Yahri (12.Majid Muhammad, 60), 19.Abdurahmon Muhammad, 23.Xolid Al Zereqi, 27.Ahmad Moein, 31.Romarino (20.Vagner Ribeyro, 89).
"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 7.Shuhrat Muhammadiev, 23.Sherzod A`zamov, 4.Maqsud Karimov (21.Azamat Allaniyozov, 89), 31. Saydullo Rahmatov, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 18.Bahrom Abduraximov, 9.Ilhom Shomurodov, 45.Bobir Abdixoliqov (38.Doniyor Narzullaev, 75).
Ogohlantirishlar: Maqsud Karimov 28.