
Osiyo chempionlar ligasi-2016, guruh bosqichi, uchinchi tur o`yinlari doirasida bir necha o`yinlar o`tkazildi.
O`zbekistonning ikki klubi – “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” o`z o`yinlarini g`alaba bilan yakunlay oldi va uch ochkodan qo`lga kiritdi.
Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo`lib o`tgan “Paxtakor” hamda Eronning “Traktorsozi” jamoalari o`rtasidagi bahs “sherlar”ning g`alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga Igor Sergeev mualliflik qildi. Birinchi bo`limning 41-daqiqasida Sergeev kuchli va aniq zarba yo`llab, Chempinlar ligasining joriy mavsumidagi gollari sonini uchtaga etkazib oldi. Ushbu o`yinda darvozalar boshqa ishg`ol qilinmadi.
Endi 6 aprel kuni Eronda "Traktorsozi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo`lib o`tadi.
OChL-2016. Guruh bosqichi, 3-tur.
“Paxtakor” (O`zbekiston) –“Sepahon” (Eron) 1:0
Gol: Igor Sergeev (41).
Hakamlar: Kim Don Jin, Park San Jun, Li Jun Min (hammasi Janubiy Koreya), Risbek Shekerbekov (Qirg`iziston).
Hakamlar nazoratchisi: Jassim Al Hail (Qatar).
Komissar: Aoki Katsufumi (Yaponiya).
"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovats, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sherzodbek Karimov (28.Stanislav Andreev, 82), 9.Jaloliddin Masharipov (35.Oybek Qilichev, 55), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev, 15.Javohir Sohibov, 21.Kamoliddin Tojiev, 29.Vladimir Kozak (14.Jamshid Boltaboev, 67)
"Traktorsozi": 1.Muhammadrizo Akbari, 2.Muhammad Iranpurian, 3.Shojai Xalilzoda, 4.Xolid Shafei (27.Aloys Nong, 90+4), 5.Karlos Kardoso, 6.Sina Ashuri, 10.Surush Rafei, 11.Baxtiyor Rahmoni, 24.Farzad Xatami, 66.Mehdi Kiani, 77.Said Agxaei (90.Mehdi Sharifi, 53) (88.Fardin Abedini, 87).
Ogohlantirishlar: Vladimir Kozak (49), Oybek Qilichev (59).
Eronning Isfahon shahriga safar qilgan “Lokomotiv” esa “Sepahon”ga qarshi maydonga tushib, ishonchli g`alabaga erishdi.
Uchrashuvning birinchi 15-daqiqasida Sanjar Shoahmedovning uzatmasidan so`ng Marat Bikmaev raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to`pni darvozaga joylab qo`ydi.
Jamoaning ikkinchi goli esa ikkinchi bo`lim yakunida, uchrashuvning 87-daqiqasida kiritildi. “Sepahon” himoyachisi oyoqidan Sardor Mirzaevga kelib tushgan to`p, uning zarbasidan keyin darvozadan joy oldi.
Ushbu ikki gol “Lokomotiv”ga o`z tarixida OChL doirasida safar uchrashuvlaridagi ilk g`alabani ta`minladi.
"Sepaxon" (Eron) - "Lokomotiv" (O`zbekiston) 0:2
Gol: Marat Bikmaev (15), Sardor Mirzaev (87).
"Sepaxon": Ahmadi, Karimi, Holatboriy, Karami, Ibrichich, Musaev, Padovani, G`odifor, Perreyra, Fozili, Roshandel.
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Sherzod Fayziev, Islom To`xtaxo`jaev, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Kaxi Maxaradze (Server Jeparov 46), Timur Kopadze, Sanjar Shoahmedov (Quvondiq Ro`ziev 76), Sardor Mirzaev, Marat Bikmaev (Sergey Proxorov 85), Temurxo`ja Abduholiqov.