OChL-2016: "Lokomotiv" safarda "Al Ittihod" bilan durang o`ynadi

Toshkentning "Lokomotiv" klubi OChL guruh bosqichi 2-turida safarda Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o`ynadi.

Jidda shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvning birinchi bo`limi so`nggi daqiqalarida Salley Muntari "Al Ittihod"ni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo`limda o`yin teng kurashlar ostida o`tgan bo`lsa ham, "Lokomotiv"da raqib darvozasini nishonga olish uchun bir qator imkoniyatlar bo`ldi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Oleg Zoteevga ishlatilgan qo`pollik uchun uchrashuv hakami penalti belgilaydi va Temurxo`ja Abduholiqov uni aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtiradi – 1:1.

Uchrashuvning so`nggi daqiqalari ancha keskin va asabiy tarzda o`tdi. Har ikkala jamoada ham gol urish uchun bir qator qulay imkoniyatlar bo`ldi, ammo o`yinda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ushbu jamoalar o`rtasidagi ilk tur uchrashuvida ham Toshkentda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Guruhning boshqa uchrashuvida BAAning An Nasr klubi Eronning Fulad klubini2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

OChL-2016.
"A" guruhi, 2-tur.
1 mart. Jidda,Saudiya Arabistoni.
"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) – "Lokomotiv" (O`zbekiston) – 1:1
Gollar: S. Muntari (44) – T. Abduholiqov (80 penalti).

   

mib
uzcard
cola
apex
bmb