
Toshkentning "Bunyodkor" klubi OChL 2-turida o`z maydonida Saudiya Arabistonining "An Nasr" klubini qabul qildi va kichik hisobda mag`lub bo`ldi.
Uchrashuvning birinchi bo`limi 36-daqiqasida Modibo Maiga himoyachilarni ortda qoldirib, chiroyli tarzda gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo`limda "Bunyodkor" futbolchilari raqibga nisbatan ancha ko`proq hujum uyushtirgan bo`lsalar ham, raqib davrozasini ishg`ol qila olishmadi. O`yinning so`nggi daqiqalarida, "Bunyodkor" bir qator qulay vaziyatlarga ega bo`ldi, ammo "An Nasr" darvozaboni hamda himoyachilari yaxshi harakat qilishdi va gol urish uchun imkon berishmadi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" 2-tur uchrashuvida o`z maydonida "An Nasr"ga mag`lub bo`ldi hamda 1 ochko bilan turnir jadvalida 3-o`rinni egallab turibdi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Eronning "Zobahan" jamoasi Qatarning "Lahviya" klubini qabul qildi va ushbu uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan.
OChL-2016.
"B" guruhi, 2-tur.
1 mart. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni.
"Bunyodkor" (O`zbekiston) – "An Nasr" (Saudiya Arabistoni) – 0:1
Gol: M. Maiga (36).