OChL-2016: "Paxtakor"da ham durang

OChL-2016 guruh bosqichi "C" guruhida 1-tur o`yinlari start oldi.

O`z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qilgan "Paxtakor" 2:2 hisobida durang o`ynadi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limda esa, "Al Hilol" futbolchilari hisobni ochishdi. Igor Sergeev uchrashuvning 70-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning so`nggi daqiqalarida jamoalar yana bir martadan gol kiritishadi va uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

OChL-2016, "S" guruhi, 1-tur
"Paxtakor" - "Al Hilol" - 2:2
Gollar: Igor Sergeev (70), Davron Hoshimov (90) - Yosir Al Qahtoniy (60), Yusuf al Salim (84)
Hakamlar: Jeyms Kristofer Bit, Metyu Jeyms Krim, Piter Sertangolo (barchasi Avstraliya), Umar Muborak Al Yoqubi (Ummon)

mib
uzcard
cola
apex
bmb