"Bunyodkor" yangi futbolchilarini tanishtirdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi bugun o`z safiga taklif etilgan yangi futbolchilarni rasman tanishtirdi.

"Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tgan tadbirda klub bosh direktori Baxtiyor Boboev yangi mavsumga tayyorgarlik va boshqa masalalar borasida OAV savollariga javob berdi. Shuningdek, tadbir davomida klubning yangi mavsum uchun chiqarilgan yangi liboslari ham ommaga taqdim etildi.

Tadbir yakunida, klub bosh direktori yangi futbolchilarga yangi mavsumda to`p suradigan raqamlari aks ettirilgan liboslarni topshirdi. Unga ko`ra, klubning yangi o`yinchilari – Bahodir Nasimov (14), Shaxzod Nurmatov (11), Aleksandr Alimpievich (71), Javlon Mirabdullaev (15), Dilshodbek Ahmadaliev (16) hamda Sanjar Qodirqulov (26) o`z liboslarini qabul qilib olishdi.

Eslatib o`tamiz, "Bunyodkor" yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 9 fevral kuni OChL-2016 saralash pley-off doirasida BAAning "Ash Shabob" klubiga qarshi o`tkazadi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb