Oliy Liga klublari mavsumoldi yig`inlarni davom ettirmoqdalar

Oliy Liga klublari yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqdalar.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi BAAning Abu-Dabi shahridagi yig`inini yakunladi va Toshkentga qaytib keldi. "Bunyodkor" endilikda Toshkentda OChL pley-off uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Ta`kidlash joiz, "Bunyodkor" BAAdagi yig`ini davomida bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Jumladan, dastlab Rossiyaning "Anji" klubiga qarshi uchrashuvda 3:2 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, "Amkar" klubiga qarshi uchrashuvda 1:1 hisobida qayd etildi. Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubiga qarshi uchrashuvda esa, jangovar durang qayd etildi – 5:5. Yig`in davomidagi so`nggi uchrashuvda esa Qozog`istonning "Jetisu" klubiga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida mag`lub bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, Bunyodkor klubi OChL-2016 pley-off bosqichida 9 fevral kuni BAAning "Ash-Shabob" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Toshkentning "Paxtakor" klubi esa yangi mavsumga tayyogarlikni Toshkentda davom ettirmoqda. Amaldagi chempion kecha Oliy Liganing boshqa bir vakili – "Buxoro" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvda "Paxtakor" kichik 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

Quyida nazorat uchrashuvlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishish mumkin:

«Obod» - «Metallurg» - 2:0
Gollar: Sh. Norxonov, A. Azizov.

«Olmaliq» - «Sho`rtan» - 2:3
Gollar: F. Tojiev, D. Ismoilov – I.Taran (ikkita), Yu. Bo`riev.

«Paxtakor» - «Buxoro» - 1:0
Gol: I. Sergeev (5-penalti)

  

mib
uzcard
cola
apex
bmb