
Ayni kunlarda Toshkent shahrida yangi mavsumga tayyogralik ko`rayotgan "Olmaliq" klubi 19 yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o`ynadi.
Ta`kidlash joiz, Tojikiston klubi ham shu kunlarda Toshkentda o`zining o`quv yig`inini o`tkazmoqda.
Uchrashuvning birinchi bo`limida Aleksandr Kablash "Istiqlol"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo`limda Islombek Isoqjonov hisobni tenglashtirdi - 1:1.
«Olmaliq» (O`zbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston) – 1:1
Gollar: Aleksandr Kablash, 18 (0:1). Islom Isoqjonov, 55 (1:1).
«Olmaliq» (O`zbekiston): Umid Xonimqulov, Rahmatullo Berdimurodov, Abduqahhor Hojiakbarov, Evgeniy Gogol, Doston Abdurahmonov, Islom Inomov, Doniyor Ismoilov, Arslonmurod Omonov, Darko Stanoevich, Ro`zimboy Ahmedov, Diyor Turopov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita Shkvirin, Muhammad Isaev, Shavkat Salomov, Islombek Isoqjonov, Sergey Rekun, Nikita Pavlenko, Zohir Pirimov.
«Istiqlol» (Tojikiston): Qurbonali Boboev, Siyovush Asrorov, Axtam Nazarov, Dilshod Vosiev, Jahongir Jalilov, Petro Kovalchuk, Fatxullo Fatxulloev, Nuriddin Davronov, Xurshed Mahmudov, Aleksandr Kablash, Manuchexr Jalilov.
Chetlatish: Petro Kovalchuk («Istiqlol»), 45+1.
Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Tashkent).
19 yanvar. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi. 72 tomoshabin.