“Lokomotiv”dagi taniqli futbolchi Temurxo`ja Abduxoliqovning ukasi bo`lgan Orifxo`ja ayni damda o`zini jizzaxliklar tarkibida sinab ko`rmoqda.
Andijonlik Alisher To`xtasinov esa o`tgan mavsumni birinchi liga ishtirokchisi “UzDongJu” sharafini himoya qildi. So`nggi paytlarda 26 yoshli futbolchi “Andijon”ning yig`inida ishtirok etib kelayotgandi.
Abdumalik Abdullaevni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o`tishning xojati yo`q. Mavsum-2015ni “Andijon” tarkibida o`tkazgan hujumchi oxirgi vaqtlarda “Olmaliq” ko`rigida bo`lib qaytdi. Endilikda bu futbolchilar Davron Fayziev boshqaruvidagi “So`g`diyona”dan ko`rikdan o`tmoqda. Ma`lumot uchun har uchchala o`yinchi ham bugun jizzaxliklar tarkibida “Mash`al”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.
Eslatib o`tamiz ulardan oldinroq darvozabon Temur G`aniev bilan himoyachi Timur Kagirov tarkibga kelib qo`shilgandi.