"Lokomotiv" klubiga O`zbekiston Chempionati-2015 kumush medallari topshirildi

Toshkentning "Lokomotiv" klubiga O`zbekiston Chempionati-2015 kumush medallari topshirildi.

“O`zbekiston” mehmonxonasida bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida O`FF birinchi Vitse-prezidenti Sardor Rahmatullaev hamda O`zPFL bosh direktori Farhod Magametov "Lokomotiv" klubi futbolchilari va klubning boshqa a`zolariga O`zbekiston Chempionati-2015 kumush medallarini topshirishdi.

Tadbirda shuningdek, klub rahbariyati futbolchilar, murabbiylar va klubi xodimlariga esdalik sovg`alarini topshirdilar.

Ta`kidlash joiz, "Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi mavsumda O`zbekiston Chempionatining kumush medallarini qo`lga kiritdi. Jamoa shuningdek, amaldagi O`zbekiston Superkubogi sohibi hisoblanadi.

  

mib
uzcard
cola
apex
bmb