
O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Oliy Liga klublari ishtirokida 22 dekabr kuni yig`ilish o`tkazadi.
Mazkur yig`ilishda Oliy Liga-2015 mavsum yakunlari hamda 2016 yilgi mavsum rejalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Oliy Liga-2016 mavsumiga qur`a tashlanadi.
O`FF anjumanlar zalida bo`lib o`tadigan yig`ilish soat 11:00da boshlanadi.