
Oliy Liga 25-turidan o`rin olgan Paxtakor – So`g`diyona uchrashuvi videoyozuvi ko`rib chiqildi va dastlab Jaloliddin Masharipov hisobiga yozilgan gol Igor Sergeev hisobiga o`zgartirildi.
Eslatib o`tamiz, mazkur uchrashuvda Paxtakor 3:1 hisobida g`alaba qozongan. “Paxtakor”ning o`yindagi birinchi golini 12-daqiqada Egor Krimets kiritgan bo`lsa, ikkinchi gol 50-daqiqada Jaloliddin Masharipov hisobiga yozilgan. Uchrashuvdagi uchinchi gol esa 58-daqiqada Igor Sergeev tomonidan kiritilgan.
Shu tariqa, Paxtakor hujumchisi Igor Sergeevning mavsumdagi gollari rasman 24tani tashkil etdi.