
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar Ligasi-2016 guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, yangi mavsumda OChLda «Paxtakor» (Chempion), «Lokomotiv» (ikkinchi o`rin) va «Nasaf» (Kubok sohibi) klublri to`g`ridan to`g`ri guruh bosqichidan musobaqaga kirishadi. Toshkentning «Bunyodkor» (to`rtinchi o`rin egasi) klubi esa uchinchi pley-off o`z ishtirokini boshlaydi.
OChL-2016 guruh bosqichi qur`a natijalari (G`arbiy mintaqa).
“A” GURUHI
“Sepohon” (Eron)
“An-Nasr” (BAA)
“Lokomotiv” (O`zbekiston)
"Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni) / "Al-Vihdat" (Iordaniya) g`olibi
“V” GURUHI
“An-Nasr” (S.Arabistoni)
“Zob Ohan” (Eron)
“Laxviya” (Qatar)
"Bunyodkor" (O`zbekiston) / "Ash-Shabab" (BAA) g`olibi
“S” GURUHI
“Paxtakor” (O`zbekiston)
“Al-Hilol” (S.Arabistoni)
“Traktorsoziy” (Eron)
"Al-Jazira" (BAA) / "As-Sadd" (Qatar) g`olibi
“D” GURUHI
“Al-Ayn” (BAA)
“Nasaf” (O`zbekiston)
“Al-Ahli” (S.Arabistoni)
"Naft Tehron" (Eron) / "Al-Jaish" (Qatar) g`olibi
"E" GURUHI
"Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya)
"Jiangsu Saynti" (Xitoy)
"Bekamiks Bin Duong" (Vetnam")
Saralash-2
"F" GURUHI
"Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)
"Seul" FK (Janubiy Koreya)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
Saralash-3
"G" GURUHI
"Melburn Viktori" (Avstraliya)
Yaponiya 2-klubi
"Suvon Samsung" (Janubiy Koreya)
Saralash-4
"N" GURUHI
"Guanjou Evergrand" (Xitoy)
"Sidney" FK (Avstraliya)
Yaponiya 3-klubi
Saralash-1
"Bunyodkor" hamda “Ash Shabob” klublari o`rtasidagi saralash pley-off uchrashuvi 9 fevral kuni bo`lib o`tadi.