Jamshid Saidov va Vohid Shodiev noyabr oyi laureatlari

O`zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g`olibi aniqlandi.

Unga ko`ra Buxoroning “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov 69 ochko to`plab noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu oyda Saidov boshchiligidagi “Buxoro” klubi “Neftchi” va “So`g`diyona”ni mag`lub etib oliy ligaga qolishga muvaffaq bo`ldi.

Undan keyingi o`rinni 67 ochko to`plagan “Paxtakor” ustozi No``mon Hasanov band etdi. “Sherlar” noyabr oyida chempionatda 2ta o`yin o`tkazib ularning ikkalasida g`alabaga erishishdi va 11-marta mamlakat chempioni bo`lishdi. 

Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubi bosh murabbiy lavozimini bajaruvchisi bo`lgan Andrey Miklyaev yakunlab berdi. Miklyaev 44 ochko to`pladi. “Temiryo`lchilar” ushbu murabbiy qo`l ostida o`tgan oyda chempionatda ikkita o`yin o`tkazib ularning ikkalasida ham raqibni mag`lub etishdi.

Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Vohid Shodiev noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O`tgan oyda “Olmaliq”qa bitta, “Qo`qon-1912”ga ikkita gol urgan Shodiev so`rovnomada 65 ochko to`pladi.

Undan keyingi o`rinni “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev band etdi. O`tgan oyda ikkita o`yinda ikkita gol urgan futbolchi 55 ochko jamg`ardi. Uchinchi o`rinda “Buxoro” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov qayd etildi. Noyabr oyida 2ta o`yinda 2ta gol urgan yosh futbolchi 48 ochko to`pladi.

Noyabr oyi so`rovnomasi natijalari

O`rin

Murabbiy

I

II

III

IV

V

Jami

1

Jamshid Saidov

9

5

1

-

1

69

2

No``mon Hasanov

7

5

4

-

-

67

3

Andrey Miklyaev

-

5

7

1

1

44

4

Igor Shkvirin

-

-

2

8

5

27

5

Baxtiyor Boboev

-

-

2

5

7

23


O`rin

Futbolchi

I

II

III

IV

V

Jami

1

Vohid Shodiev

9

2

4

-

-

65

2

Igor Sergeev

3

9

1

-

1

55

3

Otabek Shukurov

4

3

2

5

-

48

4

Igor Taran

-

1

5

4

2

29

5

Eldor Shomurodov

-

-

1

2

3

10

6

Otabek Valijonov

-

-

2

-

2

8

7

Aleksandr Lobanov

-

1

-

2

1

7

8

Doniyor Ismoilov

-

-

-

-

mib
uzcard
cola
apex
bmb