
O`zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g`olibi aniqlandi.
Unga ko`ra Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro`ziqul berdiev 71 ochko to`plab oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Oktyabr oyida Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” klubi “Neftchi” va “So`g`diyona”ni mag`lub etdi, “Bunyodkor” va “Dinamo” bilan durang o`ynadi. Bundan tashqari o`tgan oy “ajdarlar” o`z tarixida il kbor O`zbekiston kubogini qo`lga kiritishdi. Ro`ziqul Berdiev avgustda ham oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo`lgan edi.
Undan keyingi o`rinni 56 ochko to`plagan “Andijon” ustozi Sergey Kovshov band etdi. Andijonliklar oktyabr oyida chempionatda 4ta o`yin o`tkazib ularning 3tasida g`alabaga erishishdi.
Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubi bosh murabbiy lavozimini bajaruvchisi bo`lgan Andrey Miklyaev yakunlab berdi. Miklyaev 45 ochko to`pladi. “Temiryo`lchilar” ushbu murabbiy qo`l ostida o`tgan oyda chempionatda uchta o`yin o`tkazib ularning barchasida raqibni mag`lub etishdi.
Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeev oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O`tgan oyda “So`g`diyona”, “Dinamo” va “Mash`al” (2ta) bilan o`yinlarda jami 4ta gol urgan Sergeev so`rovnomada 63 ochko to`pladi. Ta`kidlash lozimki, hujumchi iyun oyida ham ushbu so`rovnomada eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.
Undan keyingi o`rinni “Navbahor” hujumchisi Shahboz Erkinov band etdi. O`tgan oyda to`rtta o`yinda to`rtta gol urgan futbolchi 42 ochko jamg`ardi. Uchinchi o`rinda “Andijon” klubi hujumchisi Anvar Berdiev qayd etildi. Oktyabrda 4ta o`yinda 3ta gol urgan tajribali futbolchi 40 ochko to`pladi.
Oktyabr oyi so`rovnomasi natijalari
O`rin |
Murabbiy |
I |
II |
III |
IV |
V |
Jami |
1 |
Ro`ziqul Berdiev |
12 |
2 |
1 |
- |
- |
71 |
2 |
Sergey Kovshov |
2 |
7 |
5 |
1 |
1 |
56 |
3 |
Andrey Miklyaev |
1 |
3 |
7 |
2 |
3 |
45 |
4 |
Bobur Zuhriddinov |
1 |
2 |
2 |
2 |
8 |
31 |
5 |
Baxtiyor Boboev |
- |
2 |
1 |
9 |
2 |
31 |
O`rin |
Futbolchi |
I |
II |
III |
IV |
V |
Jami |
1 |
Igor Sergeev |
7 |
5 |
2 |
1 |
- |
63 |
2 |
Shahboz Erkinov |
3 |
2 |
5 |
1 |
2 |
42 |
3 |
Anvar Berdiev |
1 |
6 |
2 |
1 |
3 |
40 |
4 |
Artur Gevorkyan |
4 |
1 |
2 |
- |
2 |
32 |
5 |
Doston Hamdamov |
1 |
2 |
- |
5 |
2 |
25 |
6 |
Marat Bikmaev |
- |
- |
2 |
3 |
3 |
15 |
7 |
Ilhom Shomurodov |
- |
- |
2 |
3 |
1 |
13 |
8 |
Akmal Shorahmedov |
- |
- |
|