"Yozyovon-Lochinlari"ga texnik mag`lubiyat yozildi

O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 16-turida safarda "Nasaf-2"ga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani uchun Yozyovon-Lochinlari klubiga nisbatan intizom chorasi ko`rildi.

O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 9-turi doirasida "Nasaf-2"ga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani va 2015 yilgi musobaqa reglamentini buzgani uchun (Tartib-intizom kodeksi, 5 modda, 5.3 punkti) "Yozyovon-Lochinlari" klubiga texnik mag`lubiyat yozildi (-:+). "Nasaf-2" klubiga esa, mazkur uchrashuv uchun texnik g`alaba yozildi (+:-) hamda klub hisobiga 3 ochko qo`shildi. Bundan tashqari "Yozyovon-Lochinlari" jarimaga tortildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb