
O`zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g`olibi aniqlandi.
Unga ko`ra Farg`onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov 76 ochko to`plab sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Sentyabr oyida Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Neftchi” klubi “So`g`diyona”, “Bunyodkor”, “Dinamo” va “Paxtakor” klublariga qarshi o`yin o`tkazib barchasida g`olib bo`ldi.
Undan keyingi o`rinni 67 ochko to`plagan “Nasaf” klubi ustozi Ro`ziqul Berdiev band etdi. Qarshiliklar kuz faslining dastlabki oyida chempionatda 4ta o`yin o`tkazib ularning 3tasida g`alabaga erishishdi.
Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov yakunlab berdi. Abramov 38 ochko to`pladi. “Temiryo`lchilar” o`tgan oyda chempionatda to`rtta o`yin o`tkazib ularning uchtasida raqibni mag`lub etdi.
Samarqandning “Dinamo” klubi hujumchisi Kamoliddin Murzoev sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Sentyabr oyida “Navbahor”, “Metallurg” va “So`g`diyona”ga qarshi o`yinlarda jami 3ta gol urgan Murzoev so`rovnomada 46 ochko to`pladi.
Undan keyingi o`rinni “Buxoro” yarim himoyachisi Aziz Ibragimov band etdi. O`tgan oyda to`rtta o`yinda to`rtta gol urgan futbolchi 45 ochko jamg`ardi. Uchinchi o`rinda “Nasaf” klubi sardor Artur Gevorkyan qayd etildi. Sentyabrda 4ta o`yinda 3ta gol urgan turkmanistonlik futbolchi 43 ochko to`pladi.
Sentyabr oyi so`rovnomasi natijalari
O`rin |
Murabbiy |
I |
II |
III |
IV |
V |
Jami |
1 |
Andrey Fyodorov |
12 |
4 |
- |
- |
- |
76 |
2 |
Ro`ziqul Berdiev |
4 |
11 |
1 |
- |
- |
67 |
3 |
Vadim Abramov |
- |
1 |
9 |
1 |
5 |
38 |
4 |
Jamshid Saidov |
- |
- |
4 |
5 |
6 |
28 |
5 |
No``mon Hasanov |
- |
- |
2 |
9 |
4 |
28 |
O`rin |
Futbolchi |
I |
II |
III |
IV |
V |
Jami |
1 |
Kamoliddin Murzoev |
7 |
1 |
1 |
1 |
2 |
46 |
2 |
Aziz Ibragimov |
5 |
2 |
- |
6 |
- |
45 |
3 |
Artur Gevorkyan |
1 |
5 |
3 |
4 |
1 |
43 |
4 |
Evgeniy Cheremisin |
1 |
3 |
3 |
1 |
1 |
29 |
5 |
Bahriddin Vahobov |
1 |
1 |
3 |
2 |
1 |
23 |
6 |
Nemanya Yovanovich |
- |
1 |
3 |
- |
2 |
15 |
7 |
Shaker Zuagi |
- |
1 |
1 |
1 |
3 |
12 |
8 |
Igor Sergeev |
1 |
1 |
|