O`zbekiston Kubogi - 2015 final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

"Bunyodkor" hamda "Nasaf" klublari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi-2015 final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Final uchrashuvi 17 oktyabr kuni Jizzax shahrida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, "Bunyodkor" hamda "Nasaf" klublari 2012 hamda 2013 yillarda O`zbekiston Kubogi finalida o`zaro o`ynashgan va har ikkala bahsni Ravshan Ermatov boshqargan edi.

O`zbekiston Kubogi. Final
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Nasaf» (Karshi)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), B. Namozov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb