Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko`rayotgan "Olmaliq" klubi mavsumning ikkinchi yarmi oldidan jamoaga kelib qo`shilgan yangi futbolchilarni rasman tanishtirdi.
Unga ko`ra, Belorussiyaning "Dinamo" (Brest) jamoasidan kelib qo`shilgan darvozabon Valeriy Fomichyov 88-raqam ostida jamoa sharafini himoya etadi. Himoyachi Saidkomil Akbarov 33-raqamni tanlagan bo`lsa, Obid Jo`raboev 15-raqamni tanladi. Jo`raboev o`tgan mavsumda "Olmaliq" safida aynan shu raqamda to`p surgan edi. Jamoaning yana bir yangi vakili Alisher Shog`ulomov esa 71-raqamni tanladi.