"Lokomotiv" Avstriyadagi yig`inini yakunladi

Oliy liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi Avstriyadagi yig`inini yakunladi. “Temiryo`lchilar” xorij yig`ini mobaynida to`rtta o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

“Lokomotiv” o`zining dastlabki o`rtoqlik uchrashuvini Isroilning “Makkabi Xayfa” klubiga qarshi o`tkazib, bunda jamoamiz 0:2 hisobida yutqazib qo`ydi. Keyingi ikkita bahs Turkiya superligasi jamoalariga qarshi tashkil qilindi. Avvaliga “Akhisar Belediyaspor” bilan o`ynagan toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Bunda Dilshod Rahmatullaev ikki bor to`p kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Keyin esa “Konyaspor”ga qarshi maydonga tushgan “temiryo`lchilar” 1:1 hisobini qayd etishdi. Mazkur bellashuvda Lutfulla To`raev raqib darvozasiga to`p kiritdi. Va nihoyat to`rtinchi o`rtoqlik o`yini kecha BAAning “Al Ayn” klubi bilan o`tkazildi va bunda vakillarimiz 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol Sardor Mirzaev tomonidan kiritildi. Shu tariqa “Lokomotiv”ning Avstriya yig`ini nihoyasiga etdi. Bugun kechqurun jamoamiz Toshkentga qaytib keladi.

“Lokomotiv”ning Avstriyadagi o`rtoqlik o`yinlari:
18 iyul. “Lokomotiv” – “Makkabi Xayfa” (Isroil) 0:2
21 iyul. “Lokomotiv” – “Akhisar Belediyaspor” (Turkiya) 2:1
24 iyul. “Lokomotiv” – “Konyaspor” (Turkiya) 1:1
26 iyul. “Lokomotiv” – “Al Ayn” (BAA) 1:0

mib
uzcard
cola
apex
bmb