Asilbek Omonov "Qo`qon-1912" klubi bilan shartnoma imzoladi

Ikkinchi davraga o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan "Qo`qon-1912" qisqa muddatli ta`tildan keyin yana mashg`ulotlarga kirishdi.  

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, olimpiya terma jamoasi a`zosi Asilbek Omonov ikkinchi davrani “Qo`qon-1912” klubida o`tkazadi. Darvozabon kecha "Qo`qon-1912" klubi bilan rasman shartnoma imzoladi.

Asilbek Omonov yil boshida “Paxtakor”ni erkin agent sifatida tark etgan edi. Omonov 2015 yilgi chempionatning birinchi qismini birinchi liga vakili Chustning “Chust-Paxtakor” jamoasida o`tkazdi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb