«Bunyodkor» «Mash`al»ni mag`lub etdi

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi «Mash`al»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va kichik 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

«Bunyodkor» klubiga tegishli mashg`ulot maydonida bo`lib o`tgan uchrashuvda har ikkala klub ikki bo`limda ikki xil tarkibni maydonda sinab ko`rdi. O`yinning 21-daqiqasida Vladislav Nuriev tomonidan kiritilgan gol esa uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

«Bunyodkor» rasmiy sayti xabariga ko`ra, ayni damda milliy va olimpiya terma jamoasi yig`inida ishtirok etayotgan «Bunyodkor» a`zolari – Akbar To`raev, Abdukarim Muhammedov, Akramjon Komilov, Otabek Shukurov, Sardor Sobirxo`jaev, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov va Zabihillo O`rinboevlar klub ixtiyoriga 26 iyul kuni qaytib kelishadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb