Ayni damda Toshkentda ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan bir qator klublar o`zaro nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishmoqda.
Ulardan biri kecha «So`g`diyona» ham «Neftchi» klublari o`rtasida bo`lib o`tdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda esa hisob ochilmadi - 0:0.
«So`g`diyona» rasmiy sayti xabar berishicha klub 25 iyul kuni yig`in davomidagi so`nggi nazorat uchrashuvini «Paxtakor»ga qarshi o`tkazadi. 27 iyul kuni esa futbolchilar tibbiy ko`rikdan o`tishadi, 29 iyulda «JAR» stadionida O`zbekiston kubogi 1/4 finali javob o`yinida «Bunyodkor» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.