Avstriyada mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Lokomotiv” o`zining ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi.
Turkiya superligasi vakili “Akhisar Belediyaspor klubi bilan kechgan bahsda “temiryo`lchilar” 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi. O`yinning 18-daqiqasida Sardor Mirzaev hisobni ochdi. 45-daqiqaga kelib Dilshod Rahmatullaev hisobni 2:0ga etkazdi. “Akhisar”ning javob to`pi esa 85-daqiqada Guray Vural tomonidan kiritildi.
“Lokomotiv” Avstriya yig`ini doirasidagi o`zining navbatdagi uchrashuvini 24 iyul kuni Turkiyaning boshqa bir jamoasi “Konyaspor”ga qarshi o`tkazadi.
“Lokomotiv”ning Avstriyadagi o`rtoqlik o`yinlari:
18 iyul. “Lokomotiv” – “Makkabi Xayfa” (Isroil) 0:2
21 iyul. “Lokomotiv” – “Akhisar Belediyaspor” (Turkiya) 2:1
24 iyul. “Lokomotiv” – “Konyaspor” (Turkiya)
26 iyul. “Lokomotiv” – “Al Ayn” (BAA)