Oliy Liga ikkinchi davrasiga Qibrayda tayyorgarlik ko`rayotgan Jizzaxning «So`g`diyona» klubi kecha yig`in doirasida ilk nazorat uchrashuvida «Andijon» klubiga qarshi maydonga tushdi.
«So`g`diyona» rasmiy sayti xabariga ko`ra, klub nazorat uchrashuvida bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o`tkazgan. Uchrashuv esa «So`g`diyona»ning kichik 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan. O`yindagi yagona gol 80-daqiqada Izzat Abdullaev tomonidan kiritilgan.
«So`g`diyona»ning «Andijon»ga nazorat uchrashuvidagi tarkibi qo`yidagicha ko`rinish oldi:
Shirinboy Abdullaev (Farhod Abdullaev-35, Shohruh Eshbo`taev(Zomin) 65) Dilmurod Ikromov, Sardor Qahhorov, Qahramon Bohodirov (Mash`al), Saydullo Rahmatov, Bobir Qosimov, Izzat G`aniev (Qo`qon-1912), Sanjar Rashidov, Sanjar Rihsiboev, Nodirbek Ibragimov, Akmal Abdurahmonov.
Zahiradan tushganlar: Asiljon Begimqulov, Akbar Sattaev, Xurshid Muxtorov (Qo`qon-1912), Sarvar Shoahmedov, Sobir Hamidov, Siroj Meliev, Al-Salamu Azatov, Izzat Abdullaev (Paxtakor), Muqimjon Toshmatov, Raxmatullo Odiljonov (Neftchi).
Jasur Hakimov va Muzaffar Muzafarovlar olimpiya terma jamoasi mashg`ulotlarida qatnashishmoqda.