«Nasaf» ikki futbolchisini mavsum yakunigacha ijaraga berdi

Qarshining «Nasaf» klubi himoyachisi Botir Qoraev hamda klub yarim himoyachisi Ilhom Yunusov Oliy Liga ikkinchi davrasini boshqa jamoada o`tkazadilar.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, Botir Qoraev mavsumning ikkinchi yarmini «Sho`rtan» klubida ijara asosida o`ynaydigan bo`lsa, yarim himoyachi Ilhom Yunusov esa mavsum ohirigacha Samarqandning «Dinamo» klubiga ijaraga berildi.

«Nasaf» klubi vakillari esa 17 iyul kuni Toshkentda tibbiy ko`rikdan o`tgach, Qarshi shahriga qaytdi va ular Oliy Liga ikkinchi davrasiga aynan Qarshi shahrida tayyorgarlikni davom ettiradilar.

Qayd etish lozim, 19 iyul kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o`zining navbatdagi yig`inini boshlaydi. Qarshining «Nasaf» klubidan 7 nafar futbolchi - Eldor Suyunov, Sherzod A`zamov, Farruh Sayfiev, Shuhrat Muhammadiev, Odil Hamrobekov, Shoxruh Gadoev hamda Ilhom Shomurodovlar milliy terma jamoaning mazkur yig`iniga chaqiruv olgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb