"Lokomotiv" Avstriyada to`rtta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rish uchun Avstriyaga jo`nab ketgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi mazkur yig`in doirasida to`rtta o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, "Lokomotiv" Avstriyada 18-26 iyul kunlari davomida to`rtta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi rejalashtirilgan. Ularning birinchisi Isroilning "Makkabi" (Xayfa) klubiga qarshi o`tkazilsa, ikkinchi nazorat uchrashuvi 21 iyul kuni Turkiyaning "Akhisar" klubiga qarshi bo`lib o`tadi.

18 iyul. “Lokomotiv” – “Makkabi Xayfa” (Isroil)
21 iyul. “Lokomotiv” – “Akhisar Belediyaspor” (Turkiya)
24 iyul. “Lokomotiv” – “Konyaspor” (Turkiya)
26 iyul. “Lokomotiv” – “Al Ayn” (BAA).

mib
uzcard
cola
apex
bmb