Avval xabar berganimizdek ayni damda Turkiyada ikkinchi davra oldidan yig`in o`tkazayotgan "Olmaliq" klubi kecha yig`in doirasida dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Turkiyaning "Eskishaharspor" klubiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida "Olmaliq" 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. Uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o`tdi. Raqib jamoasining o`ninchi va 58-daqiqada urgan goliga Arslonmurod Amanov 59-daqiqada javob qaytardi.
O`yinda "Olmaliq" quyidagi tarkibda harakat qilgan.
"Olmaliq": Umid Xonimqulov (Valeriy Fomichyov, 46), Sahob Jo`raev (Azamat Isroilov, 46), Islom Inomov, Evgeniy Gogol, Abduqahhor Hojiakbarov (Diyorjon Turopov, 46), G`ulom O`runov (Jahongir Abdumo`minov, 46), Muhammad Isaev (Saidkomil Akbarov, 46), Doniyor Ismoilov (Arslonmurod Amanov, 46), Zohir Pirimov (Nikita Pavlenko, 46), Shavkat Salomov (Alisher Shog`ulomov, 46), Kamoliddin Murzoev (Nemanya Yovanovich, 46).
Biroz betobligi sabab Salamat Qutiboev uchrashuvda ishtirok etmadi.
Klub rasmiy saytiga ko`ra, navbatdagi o`rtoqlik o`yinlari 17 va 21 iyulga belgilangan. Raqib Eronning "Fulad" va "Padideh" jamoasi bo`lishi kutilyapti.